Xalqaro ko‘rgazmada turizmimiz namoyon

Date:

Ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasining Guanchjou shahrida “GITF” (Guangzhou International Travel Fair) xalqaro turizm ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli tadbirda Surxondaryo viloyati delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda. Viloyat pavilonida Surxondaryoning boy sayyohlik salohiyati, tarixiy va madaniy yodgorliklari, milliy an’analari hamda urf-odatlari keng namoyish etilmoqda. Taqdimotlar xorijiy ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, viloyatga bo‘lgan e’tibor va qiziqishni yanada oshirmoqda.

Ko‘rgazma doirasida bir qator xalqaro turizm kompaniyalari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilib, hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan muhim kelishuvlar va shartnomalar imzolandi.
Xalqaro ko‘rgazma o‘z faoliyatini 17-mayga qadar davom ettiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkon va imtiyozlar kengaymoqda

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar harbiy qismda oliygohga...

Reklama xarajatlarini davlat qoplaydi

1-yanvardan boshlab mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni...

Sport jihozlari topshirildi

Termiz shahridagi “Kurash” sport majmuasida viloyatdagi barcha mahallalar yoshlari...

Hokim o‘z daraxtini ekdi

Mamlakatimiz bo‘ylab keng quloch yozgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi...
KunTun
KunTun