“Ibratli oila”lar nishondor bo‘ldi

Date:

Oila muqaddas dargoh. Shu sababdan ham uni asrash, farzandlarimizga nimadir o‘rgatishdan avval, o‘zimiz eng yaxshi ibrat bo‘lmog‘imiz darkor. Ana shundagina sa’y-harakatlarimizdan naf bo‘ladi. Atrofimizda esa ana shunday oilalar ham borki, ayni ular bizning qanday bo‘lishimiz kerakligini o‘rgatib, o‘zimizga ko‘zgu tutgandek bo‘ladi.
Uzun tumanidagi 3-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi binosida 15-may – “Xalqaro oila kuni” munosabati o‘tkazilgan tantanali tadbirda namunali oilalar ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar oila institutining ahamiyati va oilaviy qadriyatlarni saqlash zarurati haqida to‘xtaldilar.
Tadbirda 7 ta oilaga “Ibratli oila” ko‘krak nishoni topshirildi. Ushbu mukofot o‘z oilasini tarbiyalashda, jamiyatga o‘zining yuksak qadriyatlarini ko‘rsatgan oilalarga taqdim etildi. Shu bilan birga, tadbirda ishtirokchilar o‘zlarining oilaviy hayoti haqida fikrlarini bildirishdi. Tadbir, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, jamiyatda oila o‘rtasidagi muhim aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Orzumga yetdim, orzumni topdim

Har bir insonning bolalikdanoq istagan, orzu qilgan kasbi bo‘ladi....

Arxivlar taraqqiyoti

Arxivlar — bu shunchaki hujjatlar saqlanadigan maskan emas. Ular...

Sahifalarda yashar hanuz

Tarixiy kutubxonalar insoniyat sivilizatsiyasining bebaho boyligi bo‘lib, qadimiy kitoblar,...

Farovonlikka tahdid

Har qanday jamiyatning taraqqiyoti sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol...
KunTun
KunTun