Uchrashuv

Date:

Oktyabr oyi bo‘lishiga qaramay, kun juda issiq, g‘ir etgan shabada yo‘q. Darsga kirishdan oldin telefonim jiringlab qoldi. Notanish raqam. Go‘shakning u tarafidan tanish ovoz eshitildi. Qo‘llarim titrab ketdi, beixtiyor salom berdim.
—Va aleykum assalom. Yaxshimisan, o‘qishlaring yaxshimi?
— Ha rahmat, yaxshi.
— Men shaharga ish bilan kelgandim. Senga gapim bor edi. Darsing qachon tugaydi?
— Dars tugashiga qirq daqiqa vaqt bor.
— Yaxshi, men yo‘lingdagi kutubxona oldida kutib turaman.
Darsda, undan so‘ng kutubxonaga yetib borguncha o‘ylandim, nima gapi bo‘lishi mumkin, axir shuncha vaqt xabar olmasdan endi nega men bilan ko‘rishmoqchi?! Yuragim entikib ketyapti, ammo oyog‘im tortmayapti… Ana ularni ko‘rdim. Yoniga borgach, na salom berishni va na bir so‘z deyishimni bilmasdan yerga qarab turaverdim.
— Yaxshimisan, o‘qishlaring bo‘lyaptimi? Uyingdagilar hammasi yaxshimi?
— Ha rahmat. Hammasi joyida.
Besh daqiqacha bo‘lgan o‘ng‘aysiz suhbatda rejalarim haqida surishtirdi, maslahat berganday bo‘ldi.
— Bu senga, kech bo‘lsayam hayitlik, — deb bir dasta pul uzatdi.
Negadir cho‘chib ketdim.
— Yo‘q rahmat, kerakmas-deb, orqaga chekindim. U pulni qo‘limga tutqazdi.
—Bilasan-ku, menga quyoshda ko‘p yurish mumkinmas. Shundoq ham kun juda issiq ekan, ko‘chada ko‘p yurdim. Tezroq qishloqqa yetib olishim kerak.
U ketdi, ortidan qarab qoldim. Negadir… rahmim keldi, shuncha yillik sog‘inchim va bolalarcha beqaror tuyg‘ularimga rahmim keldi. Ovozim boricha baqirib yubordim deb o‘ylabman. Yo‘q, aslida, shivirlab aytgan ekanman:
“Sog‘inganman, dadajon ketmang!”

Hulkar E’zoz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...

TERMIZ SHAHAR PROKURORI RUSTAM IBRAGIMOVNING HUQUQBUZARLIKLARNING BARVAQT PROFILAKTIKASI VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISHGA OID TERMIZ SHAHRI AHOLISIGA MUROJAATI

Hurmatli termizliklar! So‘nggi vaqtlarda ayrim hududlarda o‘g‘rilik va firibgarlik...

Muammo va yechimlar bir stol atrofida

Surxondaryo viloyatida “O‘zbekiston–2030” strategiyasini amalga oshirish jarayonida jamoatchilik nazorati...

KUCH VA ADOLAT

Amir Temur jahon tarixida buyuk sarkarda va dono davlat...
KunTun
KunTun