Ovozi baralla yangradi

Date:

San’atning sehri, jozibali ohanrabosi bor. Ayniqsa, milliy san’atimiz, xalq og‘zaki ijodi, folklorimiz tildan tilga, dildan dilga o‘tib, estetik zavq, ma’naviy ozuqa ulashib kelmoqda. Baxshichilik san’ati ham ana shunday qiymatga ega va xalqimiz ko‘ngil mulkiga aylangan. Bu san’atni ommalashtirish, unutilib ketilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida e’tiborga molik ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida bo‘lib o‘tgan “Qo‘shrabot navosi-2025” respublika baxshichilik tanlovi ham ana shunday sa’y-harakatlarning davomidir. Unda respublika baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari faol ishtirok etdi. Yosh baxshilarning ovozi barilla yangrab, o‘z ijro mahoratlarini namoyon etishdi.
Surxondaryolik baxshilar ham qatordan chetda qolmadi. Shohjahon Ho‘jamurodov 2-, Bunyod Nodirov 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Abror Amonov eng yaxshi terma ijrochisi, Zahro Raximova esa eng yaxshi doston ijrochisi nominiyatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi. Joriy o‘quv yili nihoyasi arafasida qo‘lga kiritilgan salmoqli natijalar yoshlarga kuch va yanada shijoat baxsh etadi.

Oldingi sahifaUSTOZ – KOMILLIKKA YETAKLAYDI
Keyingi sahifaUchrashuv

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muammolar va bunyodkorlik ishlari o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘lib, hududdagi...

Har bir xonadon — e’tiborda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumani Duoba mahallasining...

Tursunzodada do‘stlik va qardoshlik tarannum etildi

Tojikiston Respublikasining davlat mustaqilligi 35 yilligi munosabati bilan Tursunzoda...

Sariosiyo delegatsiyasi Tojikistonda

Ayni paytda Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov boshchiligidagi delegatsiya...
KunTun
KunTun