YANGI NASHRLAR TAQDIMOT QILINDI

Date:

Yaxshi kitobning o‘quvchisi ko‘p bo‘ladi. Bu, albatta, muallifning iqtidoridan dalolat. Bugungi yoshlar esa kitob bilan kitobni farqlay oladi. Termiz davlat universitetida tashkil etilgan kitob taqdimotiga ham ana shunday ma’naviy olami keng, ziyrak kitobxon yoshlar ishtirok etdi.
Taqdimot mehmoni va sababchisi esa Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, senator Sirojiddin Sayyid. Bunday kutilmagan tashrif esa barchani quvontirdi. Samimiy kechgan muloqot davomida barcha yoshlarning sevimli shoirining adabiyot, she’riyat haqidagi qimmatli fikrlarini tinglash bilan birga yangidan yangi ijod mahsullaridan bahramand bo‘ldilar.
Taqdimotda Surxondaryo adabiy muhitining taniqli va suyukli ijodkorlari – Tesha Saydaliyev, Mengziyo Safarov, Shafoat Rahmatullo Termiziy va Gulandom Togʻayevalarning kitoblari ham kitobxonlar hukmiga havola qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun