298 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Date:

26-apreldan 25-mayga qadar mamlakatimiz bo‘ylab “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida “Sog‘lomlashtirish oyligi” e’lon qilinib, kambag‘allik reyestriga kiritilgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar a’zolari uchun bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etib kelinayotganidan xabaringiz bor.
Mazkur tashabbus doirasida navbatdagi tibbiy ko‘riklar Termiz tumanidagi 71-sonli oilaviy poliklinikasida ham tashkil etildi. Unda hududdagi 5 ta mahalladan “Yagona ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan 298 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘riklar zamonaviy ko‘chma tibbiy uskunalar, mobil laboratoriyalar va rentgen apparatlari yordamida malakali shifokorlar tomonidan olib borildi. Tadbir davomida aniqlangan tibbiy holatlar yuzasidan fuqarolarga dori-darmonlar belgilandi, zarur konsultatsiyalar berildi hamda ixtisoslashtirilgan davolanish muassasalariga yo‘llanmalar ajratildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun