“2+2 qo‘shma ta’lim dasturi”ni yo‘lga qo‘yiladi

Date:

Termiz davlat universiteti rektori Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti Madaniy meros instituti direktori, professor Ma Szyan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Ikki universitet mutasaddilari “Ilmiy-tadqiqot markazi”dagi arxeologik laboratoriya imkoniyatlaridan samarali foydalanish, zarur maxsus uskunalar bilan boyitish, ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar olib borishdi.
“Qadimiy ipak yo‘li bo‘ylab arxeologik tadqiqotlar: tarixiy yodgorliklar va ularning konservatsiyasi” kabi mavzularda hamkorlikda xalqaro konferensiyalar tashkillashtirish, laboratoriya bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash maqsadida ilmiy stajirovka va grantlar doirasida kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratish, professor-o‘qituvchilar akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda 2026-yildan “2+2 qo‘shma ta’lim dasturi”ni yo‘lga qo‘yish takliflari muhokama etildi.
Ta’kidlanganidek, joriy yilning 1-2 iyun kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikkinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi doirasidagi TerDU va Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti rektorlari uchrashuvi tomonlarni qiziqtirgan ko‘p qirrali o‘zaro manfaatli takliflar yuzasidan muzokaralar olib borish uchun qulay maydon sanaladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun