Ajdodlar xotirasi yod etildi

Date:

Bugun mamlakatimiz bo‘ylab 9-may — Xotira va qadrlash kuni o‘zgacha ma’naviy ruhda nishonlanmoqda. Bu sana — aziz ajdodlarimiz xotirasini yod etish, ularning ezgu ishlari davomchisi bo‘lish, Vatan ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan keksalarga chuqur hurmat va ehtirom ko‘rsatish kabi olijanob maqsadlarni o‘zida mujassam etgan muhim sanadir. U barchaning qalbida o‘chmas iz qoldirmoqda.

Surxondaryo viloyatida ham Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Erta tongda Termiz shahridagi Xotira maydonida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriylar hamda keng jamoatchilik ishtirokida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Motamsaro Ona haykali poyiga harbiy orkestr sadolari ostida gulchambarlar qo‘yildi. Ushbu marosim yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirish, ularning mangu xizmatlarini e’zozlash ramzi bo‘ldi.

Shundan so‘ng, faxriylar, nuroniylar, mehnat fronti ishtirokchilari va harbiylar ishtirokida “San’at saroyi” majmuasida bayram konsert dasturi tashkil etildi. Dastur davomida urush yillarining og‘ir manzaralarini aks ettirgan sahna ko‘rinishlari, musiqiy chiqishlar namoyish etildi.

Dunyo tinchligi yo‘lida jonini fido qilganlar xotirasi yod etilib, hozirgi dorilomon hayotimiz uchun shukronalar aytildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun