“Yosh bilimdon”lar bellashdi

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanidagi 11-sonli maktabda marhum fizika fani o‘qituvchisi Abdulla Adinayev xotirasiga bag‘ishlanib, o‘quvchilari o‘rtasida fizika fani bo‘yicha “Yosh bilimdon” fan olimpiadasi o‘tkazildi. Unda viloyatimizning barcha hududlaridan jami 111 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
Olimpiada maktab o‘quvchilari orasidan fizika faniga qiziqqan, bilimli, intiluvchan va ijodkor yoshlarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish hamda fan olimpiadalariga tayyorgarliklarini kuchaytirishga yo‘naltirilgan. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Denov tumanidagi Al-Farobiy nomidagi fizika, matematika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Durdona Xurramova 1-o‘rinni egalladi.
G‘oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun