AI zamonaviy kasblarni “qulatmoqda”

Date:

2025-yil boshidan buyon butun dunyo boʻylab 52 mingdan ortiq IT mutaxassislari ishdan boʻshatildi. World Economic Forum’ning soʻroviga koʻra, kompaniyalarning 41 foiziga yaqini besh yil ichida ishchi kuchini qisqartirishni rejalashtirmoqda. Bu asosan sunʼiy intellekt taʼsirining tobora kuchayib borishi bilan bogʻliq.
Koʻplab kompaniyalar ishdan boʻshatishlarni turlicha omillar bilan izohlamoqda. Sunʼiy intellekt (AI) va avtomatlashtirish – AI va avtomatlashtirish texnologiyalarining rivojlanishi natijasida baʼzi lavozimlar keraksiz boʻlib qolmoqda. Tashkiliy qayta tuzilish – kompaniyalar oʻz faoliyatlarini optimallashtirish va samaradorlikni oshirish maqsadida tashkiliy tuzilmalarda oʻzgarishlar qilmoqda.
Iqtisodiy bosimlar – inflyatsiya, iqtisodiy noaniqliklar va boshqa makroiqtisodiy omillar kompaniyalarni xarajatlarni kamaytirishga majburlamoqda. 2025-yilning dastlabki oylarida AI sababli yuz berayotgan ishdan boʻshatishlarning ortib borishi qachongacha davom etishi nomaʼlum, biroq shunisi aniqki, IT mutaxassislari uchun endi mehnat bozorida yanada kuchli raqobatchi paydo boʻlmoqda. U taklif qilayotgan qulayliklar esa bu sohada inson omilining kamayishiga olib kelishi mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

9 oylik faoliyat sarhisob qilindi

Surxondaryo viloyati sudida 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida odil sudlovni ta’minlash,...

Maktab sig‘imi 660 o‘ringa kengaydi

Ta’lim muassasalarida o‘quv o‘rinlarini ko‘paytirish va zamonaviy sharoitlarni yaratish...

Bola rivojida o‘yinning kuchi

Bolaning har tomonlama rivojlanishida o‘yin faoliyati muhim o‘rin tutadi....

Noyob ko‘rshapalak qayd etildi

Tabiatda kam uchraydigan va hali yetarlicha o‘rganilmagan jonivorlarni aniqlash...
KunTun
KunTun