Xotin-qizlar o‘zlarini asalarichilikka sinashadi

Date:

Inson qanday ish bilan band bo‘lishidan qat’i nazar, o‘tkazayotgan vqtidan zavq tuyishi lozim. Aks holda bu ish uniki emas. Shu sabab ham ishsizlar bandligini ta’minlashda ularning qiziqishlari, layoqatlari hisobga olinadi. Aks holda ming urinmaylik, biror natijaga erishish qiyin.
Termiz tumanida “Sayxunobod” tajribasi asosida yo‘lga qo‘yilgan dastur doirasida “Ayollar daftari”ning 1- va 2-toifa ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ishsiz ayollar uchun asalarichilik yo‘nalishida kasb-hunarga o‘qitish kurslari tashkil etildi. Ana shunday kurslardan biri sifatida asalarichilik yo‘nalishida bo‘lib o‘tayotgan o‘quvlarni aytishimiz mumkin. Albatta, asalarichilikka qiziqqanlar qamrab olingan.
Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi — xotin-qizlarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, ularni kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikka yo‘naltirish, shuningdek, qishloq joylarda aholi bandligini ta’minlashdan iborat. Asalarichilik sohasi tanlangani bejiz emas: bu yo‘nalish yuqori daromad keltiruvchi, ekologik toza va istiqbolli sohalardan biri hisoblanadi.
O‘quv kurslari davomida ishtirokchilar nazariy bilimlar bilan bir qatorda, amaliy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishmoqda. Tajribali mutaxassislar tomonidan asalarilar parvarishi, uylari tashkil etilishi, asal olish texnologiyasi hamda sohani biznesga aylantirish yo‘llari o‘rgatilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun