Atoqli olim Nazar To‘rayev nomidagi uy muzeyi tashkil etildi

Date:

Akademik Nazar Torayev, olimning ilmiy izlanishlari haqida eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. Ustoz 1938-yilda Denov tumanida tug‘ilgan. U 60 yillik ilmiy faoliyati davomida ko‘plab nufuzli ilmiy va rahbarlik lavozimlarida samarali mehnat qilgan. Jumladan, Termiz davlat universiteti rektori, Fanlar akademiyasi huzuridagi “FANUM” ilmiy-o‘quv markazi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1990–1995-yillarda esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi deputati sifatida ishlagan.
Denov tumanida taniqli fizik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi a’zosi, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni sohibi, akademik Nazar To‘rayev xotirasiga bag‘ishlab uy muzeyi tashkil etildi. Ochilish marosimida viloyat va tuman hokimligi, oliy ta’lim va madaniyat sohasi vakillari, olimning shogirdlari, pedagoglar hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.
Uy muzeyining tashkil etilishi – yosh avlodda ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish, milliy g‘urur va qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun