Ma’naviy kompas

Date:

Har bir xalqning tarixida millatni tanitgan, elning dunyo tamaddunida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga hissador buyuk avlodlari, ulug‘ ajdodlari bo‘ladi. Ularning jasorati, tafakkuri va yaratgan merosi bugungi avlod uchun chinakam ilhom manbayi bo‘lib xizmat qiladi.O‘zbek xalqining o‘tmishida bunday buyuk siymolar talaygina. Ulug‘ mutafakkirlarimiz — Imom Buxoriy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi insoniyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Bugungi kun yoshlari ana shu buyuk ajdodlarning bilimga, adolatga, mehnatga bo‘lgan mehrini o‘zlariga ibrat qilib olsalar, hech shubhasiz, jamiyatda munosib o‘rin egallashlari mumkin bo‘ladi.
Xorazmiy algoritm asoslarini yaratgan bo‘lsa, Ibn Sino tibbiyot ilmiga asos solgan, Navoiy esa butun turkiy adabiyotning bosh ustuniga aylangan. Ularning barchasi ilm va ma’rifat yo‘lida fidokorona xizmat qilganlar. Ularning mehnati bugun ham fan, ta’lim va tarbiyada o‘z o‘rnini yo‘qotmagan.
Zamon o‘zgarishi va texnologiyalar taraqqiyoti ta’sirida har bir yosh avlod o‘z yo‘lini belgilaydi. Biroq bu yo‘l ma’naviyat, tarix va o‘tmish buyuklarining ibratli hayoti bilan sug‘orilsa, u har doim barakali va to‘g‘ri bo‘ladi. Bugungi yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda ana shu qadriyatlar asosida ish tutish, tarixiy merosga hurmat ruhida ulg‘aytirish muhim ahamiyatga ega.
Yurtboshimiz ta’kidlaganidek: “O‘z tarixini bilgan, buyuk ajdodlariga munosib bo‘lgan yoshlargina kelajakka dadil qadam qo‘yadi”. Demak, o‘tmish buyuklarini eslash — shunchaki tarixiy ma’lumotlarni qayta tilga olish emas, balki bu biz uchun istiqbol yo‘lida yo‘riqnoma, ma’naviy kompasdir.
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan “Buyuk ajdodlar – buyuk meros”, “Ilm fidoyilari” kabi tadbirlar aynan yoshlar ongida tarixiy xotirani mustahkamlash, ularni ilmlilikka, vatanparvarlikka undashga qaratilgan.
Shunday ekan, o‘tmish buyuklarining hayoti va faoliyati bugungi yoshlar uchun chinakam ilhom, o‘z ustimizda tinimsiz ishlashga undovchi kuch bo‘lib qolaveradi. Ularning o‘chmas merosi bizni doimo taraqqiyot sari yetaklaydi.

Xasan Eshankulov,
TerDU kimyo fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sanjar shohsupada

Termiz shahrida o‘tkazilgan “Muay Thai” bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi –...

Ro‘yxatdan o‘tish majburiy

1-oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda moped va skuterlarni boshqarish faqat A...

Tartibi aniq

Hukumatning 2025-yil 10-oktyabrdagi 637-son qarori bilan imtiyozli shartlarda pensiyaga...

 “Shymkent Cup 2025”da yorqin natija

Qozog‘istonning Shimkent shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Shymkent Cup Taekwondo...
KunTun
KunTun