Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrifi doirasida “Qo‘ldovli” mahalasida joylashgan “NORTEX STYLE” MCHJ faoliyati bilan tanishdi. 487 ta ish o‘rni yaratilgan mazkur korxonada yiliga 5 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvati mavjud. Korxonadagi muammolarni hal etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, ushbu mahallada tashkil etilayotgan “Mahalla guzari” loyihasi ham ko‘zdan kechirildi. Unga stomatologiya, nonvoyxona, sartaroshxona, oziq-ovqat do‘koni va avtoservis shoxobchasi kiritilgan bo‘lib, 14 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida e-auksionga chiqarilgan “Surxondaryo mintaqaviy paxta terminali” hamda “Jarqo‘rg‘on tuman MTP” binolari holati ham o‘rganildi. Shu bilan birga, “East Sweet Fruit Vegetables” MCHJ faoliyati va “Eskiqishloq” mahalasidagi issiqxonada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish jarayonlari ko‘rib chiqildi.
Ushbu tashrif mahalliy ishlab chiqarish, kichik biznesni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan.

