Pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi

Date:

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar o‘rtasida katta miqdordagi pul o‘tkazmalarini qo‘shimcha biometrik va boshqa himoya choralarini qo‘llagan holda nazorat qilish mexanizmlari joriy etiladi. Ketma-ket uch yoki undan ortiq pul o‘tkazmalari nazorati avtomatlashtiriladi. Tegishli qonun parlamentda birinchi o‘qishdan o‘tdi.

Qonunchilik palatasi majlisida to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatiga oid qonun loyihasini birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qildi. Loyihaga ko‘ra, antifrod chorasi sifatida ketma-ket uch yoki undan ortiq pul o‘tkazmalari nazorati avtomatlashtiriladi; bank kartalaridan foydalanishni hamda jismoniy shaxslar o‘rtasida katta miqdordagi pul o‘tkazmalarini qo‘shimcha biometrik va boshqa himoya choralarini qo‘llagan holda nazorat qilish mexanizmlari joriy etiladi.

Shuningdek, banklarga to‘lov tizimi operatori sifatida faoliyatini boshlash uchun litsenziya olish talabini bekor qilib, xabardor etish tartibiga o‘tish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, muhim to‘lov tashkilotlari tushunchasi qonunchilikka kiritiladi. Bu toifadagi tashkilotlar tomonidan uzluksiz xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida ularning to‘lov tizimi ishtirokchisi bo‘lishi uchun huquqiy asos yaratilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ulkan marralar sari…

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo viloyati hokimi...

Yangi yo‘nalish — yangi qulaylik!

Aholiga yanada qulay sharoit yaratish va transport xizmatlari sifatini...

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...
KunTun
KunTun