IT — bog‘chadan boshlanadi

Date:

Surxondaryo viloyatida maktabgacha ta’lim tizimi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Endilikda kichkintoylar raqamli dunyo bilan tanishib ulg‘ayadi. Viloyatdagi har bir tuman va shahardan tanlab olingan tayanch davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 1 dona interaktiv doska va 30 dona zamonaviy planshet bilan ta’minlandi.Bu tashabbus nafaqat ta’lim sifatini oshiradi, balki bolalarning mantiqiy tafakkuri va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini erta rivojlantiradi. Pedagoglarga interaktiv usullar orqali samarali mashg‘ulotlar o‘tkazish imkonini beradi. Qolaversa, bolajonlarning kelajakda raqamli savodxon bo‘lib ulg‘ayishini ta’minlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ulkan marralar sari…

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo viloyati hokimi...

Yangi yo‘nalish — yangi qulaylik!

Aholiga yanada qulay sharoit yaratish va transport xizmatlari sifatini...

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...
KunTun
KunTun