«Osh sayli» – milliy qadriyatlar uyg‘onishi

Date:

Bugungi yoshlar ongiga milliy qadriyatlar va an’analarni singdirishda amaliy tadbirlar katta ahamiyatga ega. Ana shunday tadbirlardan biri – Boysun tumani 7-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan «Osh sayli» bo‘ldi. Bayramona ruhda tashkil etilgan ushbu tadbir yoshlarda vatanparvarlik, hamjihatlik, milliy tafakkur va madaniy merosga ehtirom tuyg‘usini yanada mustahkamladi.
Tadbirda tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari Surayyo G‘oziyeva so‘zga chiqib, shunday dedi:
Milliy qadriyatlar – xalqning ruhiy ustuni. Bugungi kunda yoshlar ongida ana shu ustunni mustahkamlash har qachongidan ham muhim. Qadimiy an’analarimiz – kelajak asosidir.
Mazkur tadbirda o‘quvchilar turli hududlarga xos osh turlarini tayyorlab, taqdim etishdi. Maktab hovlisida milliy qo‘shiqlar, liboslar va sahna ko‘rinishlari bilan bayramona muhit yaratildi.
«Osh sayli» – yosh avlodni o‘z milliy ildizlari bilan bog‘laydigan, kelajakka ma’naviy kuch bag‘ishlaydigan tadbirga aylandi. U nafaqat milliy taomlar yoki ko‘ngilochar dasturlar, balki milliy o‘zlik, xotira va birlik ramzi sifatida qalblardan joy oldi.

Azizbek Abdurahimov
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yosh iqtidorlar saralandi

Termiz shahar 2-son bolalar musiqa va san’at maktabida musiqa...

Qumqo‘rg‘onda yangi dehqon bozori

Qumqo‘rg‘on tumanining “Besh qahramon” mahallasida avvalgi “Oqsoy buyum bozori”...

Fidoyi mehnat e’tirofi

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan davlat va...

Bandlik ustuvor yo‘nalishda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, hududda...
KunTun
KunTun