Oʻzbek tilini noldan oʻrgatadi

Date:

Oʻzbekistonning Qohiradagi elchixonasi tomonidan ingliz tilida soddalashtirilgan uslubda oʻzbek tilini noldan oʻrgatuvchi “Uzbek Language: Complete Self-Study Guide in 22 Lessons” nomli qoʻllanma chop etildi. Darslik grammatikani chuqurlashtirilgan tarzda oʻqitishga moʻljallangan boʻlib, qiziquvchilar u yordamida oʻzbek tilini mustaqil oʻrganishi mumkin.
Kitob Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti mutaxassislari tavsiyalarini inobatga olgan holda tayyorlangan. Qoʻllanmaning kirish qismida oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, uning oʻzgarish bosqichlari hamda oʻzbek xalqining shakllanish tarixi haqida ham soʻz yuritilgan.
Darslikning asosiy qismidagi 22 ta darslar murakkab mavzularni boshqa qoʻllanmalar kabi alohida-alohida, toʻliq tushuntirishga emas, balki xorijiy tilni oʻrganish uchun eng zarur boʻlgan qoidalar va konstruksiyalarni oʻrgatishga bagʻishlangan.
Ushbu qoʻllanma hozirda arab tiliga ham tarjima qilinmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun