Loyihalar muhokama qilindi

Date:

Hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivoj topishi, loyihalarning naf keltirishi uchun albatta, investitsiyaga bog‘liq. Bu rivojlanish bilan birga aholi bandligini ta’minlashga ham xizmat qiladi. Ayni jihatlarni o‘ylagan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida amalga oshirilayotgan investitsiya va eksport yo‘nalishidagi ishlar holati bilan tanishdi. Dastlab, shaharning Yangi O‘zbekiston, Islom Karimov va Ibn Sino ko‘chalarida piyodalar hamda velosiped yo‘laklarini barpo etish bo‘yicha loyihalar taqdimoti ko‘rib chiqildi.
Shundan so‘ng, “Asl Don 2024” MCHJ hududida xorijiy investorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda ko‘p qavatli turar joylar, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalari, biznes markazlar barpo etish kabi yo‘nalishlardagi loyihalar muhokama qilindi. Demografik o‘sish va urbanizatsiya tendensiyalarini hisobga olgan holda loyihalarni “Hi-Tech” uslubida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, korxona majlislar zalida eksport ko‘rsatkichlari, eksport qiluvchi korxonalarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) qaytarish masalalari hamda investitsiya yo‘nalishidagi vazifalarning ijrosi muhokama qilindi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sanab o‘tilib, bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga aniq vazifalar yuklatildi.

Oldingi sahifaSan’atkorlarimiz Xorazmda
Keyingi sahifaG‘olib kim?

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ulkan marralar sari…

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo viloyati hokimi...

Yangi yo‘nalish — yangi qulaylik!

Aholiga yanada qulay sharoit yaratish va transport xizmatlari sifatini...

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...
KunTun
KunTun