Reja 111 foizga bajarildi

Date:

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi huzuridagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi eshituvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zLiDeP viloyat Kengashi deputatlari Alisher Ro‘ziyev, Dilbar Suvonova, Gennadiy Kravchenya, Mehri Narbosheva, Gulbahor Tangirova, Muyassar Kadirovalar ishtirok etishdi.
Eshituvida viloyatimizda xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish, hududiy investitsiya dasturlari, eksport ko‘rsatkichlari bo‘yicha, shuningdek, 2024-yilda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi hamda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi mas’ul xodimlari shu bo‘yicha hisobot berishdi.
Aytish kerakki, viloyatda 2024yilda 622,5 million AQSH dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirish belgilangan bo‘lib, amalda 691,4 million AQSH dollari xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilib, reja 111 foizga bajarildi. Hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori o‘sish sur’atlari Muzrabot tumani hissasiga to‘g‘ri keladi. Chunki tumanda belgilangan rejaga nisbatan 20 million AQSH dollari qo‘shimcha xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Asosan, o‘zlashtirilgan investitsiyalar Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Turkiya, Afg‘oniston, Qirg‘izistonva Tojikiston davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, viloyatda 2025-yilda xorijiy investitsiyalar va kreditlarni o‘zlashtirish bo‘yicha umumiy qiymati 4,9 milliard AQSH dollari bo‘lgan 142 ta loyiha ro‘yxati shakllantirilgan. Misol uchun, Termiz tumanida “Termiz industrial parki” MCHJ tomonidan yuqori texnologiyali metallni issiq galvanizatsiya qilish (armatura, katinka sim va shofli trubalar) loyihasini amalga oshirish hisobiga 20 million AQSH dollari, Jarqo‘rg‘on tumanida “Nr Energy” MCHJ tomonidan koogeneratsiya usulida ko‘mirdan elektr energiyasi ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi doirasida 250 million AQSH dollari xorijiy investitsiyalar o‘zlashtiriladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida Xitoy va Rossiya tadbirkorlari bilan 2,5 milliard AQSH dollarilik 50 dan ziyod shartnoma va va kelishuvlarga erishildi. Bundan tashqari, Birlashgan Arab Amirliklari, Vengriya, Polsha, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlar bilan yaqindan ish olib borilmoqda.
Eksport bo‘yicha 2025-yilda viloyat bo‘yicha 323,4 million AQSH dollarilik mahsulotlar eksportini amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, 120,9 million AQSH dollarilik sanoat mahsulotlari, 202,4 million AQSH dollarilik meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinishi ko‘zda tutilgan.
Qolaversa, viloyat hokimligi huzurida “Eksport shtabi” tashkil etilgan bo‘lib, eksportyor korxonalarning faoliyatida turli-xil muammolar mavjudligi aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, mahsulotlar eksportga yo‘naltirilgandan keyin qaytarilishi lozim bo‘lib, biroq qaytarilmagan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) mablag‘lari bo‘yicha jami 84,9 milliard so‘mlik QQS mablag‘lari 25 ta eksportyor korxonalarimiz hisob raqamiga qaytarilishi natijasida 105,4 million AQSH dollarilik eksport amalga oshirilishga erishildi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ hamda respublika tijorat banklari orqali 2 ta korxonaga jami 840,0 ming AQSH dollarilik aylanma mablag‘ krediti ajratilishi natijasida 7,1 million AQSH dollarilik eksport amalga oshirilishiga erishildi.
Eshituvda shuningdek, mehnat bozoridagi vaziyat, yaratilgan ish o‘rinlari, aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish uchun amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham hisobot berildi. Bu yo‘nalishda ham hududlarda aholini bandligini ta’minlash borasidagi ayrim muammolar deputatlar tomonidan o‘rtaga tashlandi. Ular yuzasidan mutaxassislar va deputatlarning fikrlari tinglanib, samarali takliflar ham atyib o‘tildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun