Birdamlik bog‘lari tashkil etiladi

Date:

O‘zbekistonda 2025–2030 yillarda umummilliy birdamlik bog‘lari tashkil etiladi. Hukumat qarori bilan, bu borada kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Qarorga ko‘ra, umummilliy birdamlik bog‘larining namunaviy loyihasi 15-maygacha tasdiqlanishi kerak.
Bog‘larning 60 foiz hududida yashil maydon sifatida daraxt va butalar ekish, piknik zonalar, yosh bolalar uchun maxsus jihozlangan qumloqlar, ochiq osmon ostidagi kichik kutubxonalar, tasviriy va amaliy san’at bilan shug‘ullanish hududlari hamda tashrif buyuruvchilar tinchligini buzmaydigan boshqa elementlar orqali sokin hududlar tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.
Sokin hududlarni tashkil etishda daraxt va butalarga zarar yetkazmaslik va nobud qilmaslik maqsadida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali qo‘riqlanadigan chegaralar belgilanadi, daraxtlarni sug‘orish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi va samarali faoliyati ta’minlanadi.
Bog‘lar hududida velosiped yo‘lakchalari, bolalar attraksionlari va oilaviy dam olish uchun boshqa obyektlarni o‘z ichiga olgan oilaviy madaniy dam olish maydonlari ham bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun