Sportga oshno bo‘lsak…

Date:

Sport har birimiz uchun zarurat. Hech bo‘lmaganda, har tongda yugurish yoki yengil sport mashqlarini bajarish sog‘lom turmush garovidir. Bu bilan tanimiz chiniqishi bilan birga, nafas yo‘llarimiz ochiladi. Sportga oshno bo‘lgan odamning organizmiga kasallik yoki hech bir dard yaqin yo‘lay olmaydi.
“Sport — sog‘lik garoviʼʼ shiori ostida 2-CHQV shaxsiy tarkibi bilan sport musobaqalari o‘tkazildi. Harbiy xizmatchilar o‘zlari qiziqqan sport turlari bo‘yicha o‘z kuch va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar. Ishtirokchilar jamoalarga bo‘lingan holda voleybol, fudbol o‘ynashgan bo‘lsa, jarayon qizg‘in va murosasiz kechib, o‘yindan zavq oldilar.
Shuningdek, ishtirokchilar stol tennisida ham kim chaqqon va tezkor ekanliklarini namoyon etdilar. Turnikda tortinishda ham sinovlar qiziqarli kechdi. Sog‘lom raqobat muhitida kechgan bellashuvlar barchada yaxshi taassurot qoldirdi. Muhimi, hech kim o‘tkazgan vaqtiga achinmadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘quvchilar uchun munosib tuhfa

Ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibori tufayli bugun yurtimizning chekka va...

Xalqaro olimpiadada sovrindor

Termiz shahridagi 14-sonli umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Elshod O‘ralov...

Savodxonlikni rivojlantiramiz

Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazida PIRLS xalqaro tadqiqoti doirasida...

Imkoniyat yaratgan tadbirkor

Angor tumanidagi “Gulzor” mahallasida faoliyat olib borayotgan “Art Design...
KunTun
KunTun