Tashabbus samara beradi

Date:

Termiz shahrida ham “Gʻamxoʻrlik” guruhlari oʻz faoliyatini boshlaganidan xabaringiz bor.Mazkur guruhlarga 3 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan   ixtisoslashtirilgan maxsus ta’lim muassasalariga qamrab olinmagan bolajonlar qabul qilinadi.

Har bir  “Gʻamxoʻrlik” guruhi 6-8 nafar boladan iborat boʻladi. Bu esa bolajonlar bilan individual shugʻullanish imkonini beradi. Ushbu guruhlar ehtiyojni inobatga olgan holda 2 ta smenada tashkil etildi.

Ushbu guruhlarning ochilishini ayniqsa, ota-onalar katta mamnuniyat bilan qarshi oldilar. Onajonlardan biri farzandim endi jamiyatga qoʻshiladi deya quvongan boʻlsa,  ularning yana biri yaratilgan sharoitlar va zamonaviy jihozlarni koʻrib, xursandchilik koʻz yoshlarini yashirolmadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun