Vazifa aniq, ijrosi muhim

Date:

Prezidentimizning mamlakat yoshlari bilan bo‘lgan ochiq muloqoti davomida hudud rahbarlari va mutasaddilar zimmasiga yoshlar bandligini ta’minlash, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash borasida aniq vazifalar yuklatilgan edi. Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumanidagi “Taroqli” mahallasida joylashgan bog‘da tashkil etilgan ko‘rgazmali seminarda ishtirok etdi.
Tadbirda dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan 300 nafar yosh qatnashdi. Seminarda bog‘bon va tadbirkor Sodiq Turdiyev yoshlarga yerdan unumli foydalanish, bog‘dorchilik va tadbirkorlik sirlari haqida amaliy maslahatlar berdi.
Viloyat rahbari tomonidan yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli vazifalar yuklatildi. Videokonferensaloqa shaklida tashkil etilgan yig‘ilishda viloyatdagi 8 mingga yaqin ishsiz hamda 4 mingdan ziyod otaliqqa olingan yosh va ularga biriktirilgan rahbarlar ishtirok etdi. Uchrashuvda hududiy studiyalar orqali mutasaddilarning yoshlar bilan ishlash va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha hisobotlari tinglandi.
Yig‘ilishda har bir mutasaddi o‘z zimmasiga yuklatilgan yoshlar bilan manzilli va samarali ish tashkil etishi, tadbirlarning natijadorligini oshirish muhim ekanligi alohida ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun