Yotoqxona qachon bitadi?

Date:

Yoshlarning oliy ta’limga qamrovi oshgani sayin, turar joyga bo‘lgan ehtiyoj ham oshaveradi. Afsuski, oliygohlarimiz talabalarni to‘lib turar joy bilan ta’minlay olmaydi. Bu jihat esa tizimda og‘riqli masala. Ayni muammoga yechim sifatida Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi doirasida talabalarni turar joy bilan ta’minlash darajasini oshirish, jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida yotoqxonalar qurish vazifasi belgilangan.
Ushbu yo‘nalishda viloyatda olib borilayotgan ishlar doirasida Termiz davlat universitetida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qurilgan 800 o‘rinli talabalar turar joyi viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan ko‘zdan kechirildi. Qurilish ishlari yakunlangan bo‘lsa-da, binoni zarur mebellar bilan jihozlash kechiktirilmoqda. Bu esa, oliygohning ta’lim jarayoniga ko‘zda tutilmagan xarajatlar va boshqa muammolarni keltirib chiqarmoqda. Viloyat rahbari bu borada qurilish korxonasi mas’ullarini ogohlantirib, bir hafta muddatda talabalar turar joyini foydalanishga tayyorlash bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalasi ham muhokama qilindi.
Shundan so‘ng, Yoshlar markazida sport federatsiyalari rahbarlari, sportchilar va mas’ullar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda sport sohasidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Olimpiada va Paralimpiada g‘oliblarini rag‘batlantirish, ularga munosib sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuvda yaxshi jismoniy tayyorgarlikdan o‘tib, Prezident Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan jamoalarga turar joy berilishi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, viloyatdagi erta tug‘ruq holatlari, go‘daklar o‘limi va voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi jinoyatchilik holati tahlil qilinib, bu borada mutasaddilarning hisobotlari tinglandi. Ushbu yo‘nalishda yo‘l xaritasi ishlab chiqilib, ijroga qaratish topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...
KunTun
KunTun