Muammoga yechim bor

Date:

Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda viloyat Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi tashabbusi bilan “Ekologiya bilimdonlari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar instituti talabalari ishtirokidagi “Agroziyo” va “Ekologlar” jamoalari 4 shart asosida o‘z bilim va iqtidorlarini namoyish etdilar:
Tanlov doirasida yoshlarning ekologik va huquqiy savodxonligini oshirish, ularni atrof-muhit muhofazasiga daxldorlik hissi bilan tarbiyalash hamda “Yashil taraqqiyot” g‘oyalarini keng targ‘ib qilish maqsad qilingan. “Bu bizning eko-faoliyat” deb nomlangan ilk shartda jamoalarning sahnadagi ekologik fidoyiligi namoyon bo‘ldi. Ekologik targ‘ibot sahna ko‘rinishlari, she’riy chiqishlar va musiqali ijrolar orqali namoyish etildi.
Ikkinchi shartda “Muammolar daraxti”da jamoalar real ekologik vaziyatlarga amaliy yondashuvlarini namoyon etdilar. Hakamlar hay’ati tomonidan taqdim etilgan muammoli holatlarga jamoalar “daraxt” konsepsiyasi asosida tizimli, mantiqiy va ijodiy yechimlar taklif qilishdi. Qisqa vaqt ichida samarali fikr yuritish va jamoaviy ishlash bo‘yicha katta salohiyat ko‘rsatildi. Bu shart yoshlarning ekologik fikrlash salohiyati va tashabbuskorligining yorqin ifodasi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Chiqindidan elektr energiyasi

Surxondaryo viloyatida chiqindilarni qayta ishlash va ulardan energiya olishga...

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun

Jarqo‘rg‘on tumanining Alisher Navoiy mahallasi “Ibn Sino” ko‘chasida mahalla...

“Navoiyni anglash — o‘zlikni anglash”

Ayni mavzusidagi respublika insholar tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib...

10 gektar tutzor aholiga bo‘lib berildi

Termiz tumanining "Sabzipoya" mahallasida 10 gektar maydonda 30 ming...
KunTun
KunTun