“Namunali oila” aniq

Date:

Harbiy sohada faoliyat yuritayotgan inson bilan yashash osonmas. Shu bilan birga vatan posbonining jufti haloli bo‘lish ayolga faxr-iftixor bag‘ishlaydi. Farzandlarini ham ana shunday his ila ulg‘aytiradi. Ana shunday tarbiya topib ulg‘aygan o‘g‘il-qizlardan faqat va faqat yurt koriga yaraydigan inson yetishib chiqishi shubhasiz.
Uzun tumani DXX chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qisim harbiy xizmatchilari tomonidan tumandagi 3-sonli musiqa maktabida “Namunali harbiylar oilasi” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda harbiy xizmatchilar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, xotin-qizlar hamda harbiy xizmatchilarning oila a’zolarining bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazdirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, ularning huquqiy bilim va saviyasini oshirish maqsadida tashkil qilindi.
G‘olib va ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

ONA TILIM — RUHIM, ILDIZIM

Ona tili — millatning tarixiy xotirasi, ma’naviy qiyofasi va...

Aktivlar aylanmaga qaytadi

Davlat mulkini xususiy sektorga o‘tkazish iqtisodiyotga investitsiya jalb etish,...

Energetik salohiyat — iqtisodiy imkoniyat

Bugungi kunda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, elektr ta’minoti barqarorligini...

Raqamlar ortidagi huquqiy himoya

Surxondaryo viloyatida 2026-yilning 9 oyida ma’muriy sudlar tomonidan davlat...
KunTun
KunTun