Tegishli tavsiyalar berildi

Date:

Surxondaryo viloyatida fermer xo‘jaliklari tomonidan yer maydonlaridan unumli foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligi uchun zarur mahsulotlar yetishtirish tajribasi ommalashib bormoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz, Angor, Qiziriq, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Denov va Sariosiyo tumanlarida bu boradagi vazifalar ijrosini o‘rgandi. Jumladan, zamonaviy seyalkalar yordamida qo‘shqator usulda ekilgan g‘o‘zaga birinchi kultivatsiya ishlovi berish, g‘alla maydonlarini mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish jarayonlari o‘rganildi. Bundan tashqari, fermer xo‘jaliklari tomonidan kartoshka yetishtirish, ipak qurti boqish faoliyati ham ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar va soha vakillari bilan muloqotlar davomida g‘o‘za, g‘alla, pilla hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish borasida tegishli tavsiyalar berildi, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan vazifalar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mashg‘ulotlar ko‘lami kengaydi

Aholining xavfsizligini ta’minlash va favqulodda holatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish...

Naslli qo‘ylar ko‘paytiriladi

Muzrabot tumaniga tashrif chog‘ida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov...

Topshiriqlar belgilandi

Termiz tumanida yirik investitsion loyihalar va infratuzilma vazifalari ijrosi...

Tayyorgarlik qizg‘in

Surxondaryoda Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda....
KunTun
KunTun