BAYRAMGA MUNOSIB TUHFA

Date:

Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan Jarqo‘rg‘on tumani “Madaniyat” mahallasida yangi mahalla binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yangi bino zamonaviy talablarga mos ravishda qurilib, mahalla aholisi uchun qulay sharoitlar yaratildi.

Tantanali tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Elmurod Avazov o‘z nutqida mahalla tizimining jamiyatdagi muhim o‘rni va ahamiyatiga to‘xtalib, yangi bino mahalla fuqarolar yig‘inining samarali faoliyat yuritishiga xizmat qilishini ta’kidladi. Shuningdek, u mahalla xodimlarining fidokorona mehnatini yuqori baholab, ularni bayram bilan tabrikladi.

Mahalla raisi va faollar yangi bino aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, fuqarolar bilan yaqindan muloqot qilish imkoniyatlarini kengaytirishini qayd etib, ko‘rsatilayotgan e’tibor uchun minnatdorlik bildirdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun