Baxshilar bellashdi

Date:

Baxshi qoʻliga doʻmbirasini olganda joʻshqin ohang, qofiya-yu soʻz oʻyiniga mahliyo boʻlmagan odamning oʻzi qolmasa kerak. Milliy folklor sanʼatimizning ayni turi shuning uchun ham asrlar silsilasidan omon oʻtib, hali-hamon ohang-u dostonlar tildan-tildan oʻtib, yanada sayqallanib kelmoqda. Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Kakaydi garnizonida “Baxshichilik” ko‘rik-tanlovining okrug bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridagi harbiy qismlardan 10 nafar harbiy xizmatchi ishtirok etdi. Ishtirokchilar xalq dostonlari va termalarini ijro etib, mahoratlarini namoyish qildi.
Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, 1-o‘rin Kakaydi garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchisi, kichik serjant Rustam Bakirovga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlarga pul mukofoti, esdalik sovg‘alari hamda diplom bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun