Dilga xushnudlik ulashib…

Date:

Bu yilgi Navro‘z azalgidek har tomonlama xosiyatli, qutlug‘ qadamlar bilan boshlanayotganiga hammamiz guvoh bo‘lib turibmiz. Navro‘z sayillarini keksa-yu yosh – barcha yurtdoshlarimiz katta xursandchilik va ko‘tarinki ruh bilan o‘tkazmoqda.

Zero, tinch-osoyishta elda xursandchilik, to‘y-tomosha bo‘ladi, halovatli xalqqa bayramlar yarashadi.
Navro‘z obodlik, orastalik, mehr-oqibat, xayr-u saxovat ayyomidir. Xalqimiz bu yil ham Yilboshini ana shu ezgu tamoyillarga muvofiq kutib olmoqda.

Boysun tumanida ham Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan sayillar ana shunday xursandchilik, ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tmoqda.


Dilga orom beruvchi mumtoz navolar, folklor-etnografik jamoalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, raqslar, unga hamohang tarzda o‘tmishdagi ajdodlarimizning turmush tarzi va yorug‘ orzu-umidlari, intilishlarini aks ettirgan chiqishlar barchani mahliyo etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun