Har tuning “Qadr” o‘lubon, har kuning o‘lsun “Navro‘z”

Date:

Yurtimizga o‘z sepini yoyib, taravotini ko‘z-ko‘z qilib, go‘zal bahor keldi. Ona zamin uyg‘onmoqda, barchamiz intizor bo‘lib kutayotgan Navro‘z bayrami — yasharish va yashnash fasli kirib keldi. Dalalar-u bog‘larda ishlar qizigan. Bu faslning eng go‘zal va qadimiy bayramlaridan biri — Navro‘zdir. Navro‘z o‘zining milliyligi bilan xalqimizning urf-odatlarini, an’analarini o‘zida namayon etadi. Bu haqida Mir Alisher Navoiy xazratlari ham o‘z asarlarida:
“Har tuning “Qadr” o‘lubon, har kuning o‘lsun “Navro‘z” deb bu kunni alohida yod etganlar. Shu munosabat bilan shahar va qishloqlarimizda obodonlashtirish ishlari, umumxalq hasharlari tashkil qilinib, ko‘cha va xiyobonlarimiz, hovli joylarimiz, masjid-u qabristonlarimiz pokizaligi va obodonligi yo‘lida keng ko‘lamda ishlar olib borildi.
Milliy bayramimiz oldidan bunday xayrli ishlar olib borish xalqimizda an’anaga aylanib ketgan. Eng ahamiyatli va quvonarlisi, sumalak sayli boshlanib ketadi. Xususan, Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalar hamkorligida sumalak sayili o‘tkazildi. Sayilda ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan urf-odatlar, qadriyatlar, milliy an’analar o‘z o‘rniga qo‘yildi.

Bibixol KARIMOVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun