“Kelajakka qadam” tashlandi

Date:

Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar yoshlar tadbirkorligida mutlaqo yangi davrni boshlab berayotir. Jumladan, ta’lim muassasalarini tamomlayotgan yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi tizim yaratilib, yoshlarni jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga turtki berilayotir.
Ana shunday turtki sifatida Termiz davlat universitetida “Kelajakka qadam” markazi o‘z faoliyatini boshladi. Markazning ochilish marosimi tantanali ko‘rinish kasb etdi. Unda universitet rektori A.Toshqulov viloyatdagi OTM rahbarlari, Milliy bank mas’ullari ishtirok etdi.
Jarayonda markazning imkoniyati va vakolati xususida ma’lumotlar berildi. So‘ngra tadbir ishtirokchilari manzilda talabalar va mutassadilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, tashabbuskor talabalarning biznes loyihalariga quloq tutishdi. Aytish kerakki, viloyatimizdagi barcha OTM bitiruvchi talabalarining “Start up” loyihalari mazkur “Kelajakka qadam” markazi orqali qo‘llab-quvvatlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun