Oʻgʻlonlar xizmatga shay

Date:

Er yigitning Vatan oldidagi eng oliy burchi – uning himoyasi uchun sadoqat bilan xizmat qilishdir. Surxondaryolik oʻgʻlonlar ana shunday muqaddas burchini oʻtash maqsadida harbiy xizmatga kuzatildi.

Tadbirda Janubiy operativ qo‘mondonligi, Mudofaa ishlar boshqarmasi, Mudofaa vazirligi jamoatchilik kengashining viloyat bo‘limi, Termiz harbiy prokuraturasi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi vakillari, keng jamoatchilik, askarlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Vatan himoyasiga yo‘l olgan yigitlarga harbiy orkestr sadolari ostida “Armiya – hayot maktabi” kitobi hamda sanitariya-gigiyena vositalari topshirildi. Bayramona dasturxon atrofida davom etgan tadbir san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari bilan yanada ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Shundan so‘ng, vatanparvar yigitlar Termiz temir yo‘l vokzalidan tantanali ravishda kuzatildi.

Oldingi sahifaAvval iqtisod…
Keyingi sahifaOnalar ehtiromda

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun