Munis ayollarga ehtirom

Date:

Mamlakatimizning har bir go’shasida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami tantanali nishonlanmoqda. Jumladan, Termiz tumanida ham sana munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan, fidokorona mehnati bilan jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan  munis va fidoyi ayollar ishtirok etdi.

Ushbu tadbirda tuman hokimi Shuxrat Nazarov barcha ayollarni bayram bilan tabriklab, mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish, huquq va manfaatlarini himoya qilish, turmush sharoitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, tuman ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan bir guruh ayollarga tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir  Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan bayram dasturi bilan yanada fayzli va shukuhli tus oldi.

D.Mahmudova

Oldingi sahifaAyol borki…
Keyingi sahifaHozirlik qizgʻin

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun