“Qizil”dan “yashil”ga

Date:

Ta’lim-tarbiya, bolaga boshlang‘ich bilimlarni berish, ularning go‘dakligidan boshlanadi. Bu qarashlar bog‘chada mustahkamlana boradi. Maktabga boradigan bola o‘qishni, yozishni bilsa, savodli bo‘lsa, salohiyatli yoshlar shakllanishi shubhasiz. Ayni maqsadda bolalarning bog‘chalarga qamrovini oshirish, maktablarda ta’lim-tarbiya tizimiga jiddiy e’tibor qaratish davr talabi bo‘lib qolmoqda.
Shu sabab, yurtimizda umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilish, yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish maqsadida 2030-yilgacha mo‘ljallangan rivojlantirish konsepsiyasi amalga oshirilmoqda. Ayni maqsadda, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida ta’lim tizimini rivojlantirish, sohadagi muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan shahar va tuman hokimliklari hamda ta’lim muassasalari mutasaddilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati, qamrov darajasi hamda uni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Shundan so‘ng, “Surxon” arena sport majmuasida o‘yingohlarni rekonstruksiya qilish ishlari bilan tanishildi. Shuningdek, Sport boshqarmasi mutasaddilari hamda federatsiyalar bilan birgalikda Olimpiya va Paralimpiya sport turlarini rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga sportchilarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Tashrif yakunida Termiz shahridagi 26-sonli maktabda ta’lim mutasaddilari ishtirokida o‘tgan haftada berilgan vazifalar ijrosini muhokama qilindi. Shuningdek, ko‘rsatkichlari eng past bo‘lgan 90 ta maktab direktorlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, maktablar ko‘rsatkichlarini yaxshilash, “qizil” toifadan “yashil” toifaga o‘tkazish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

8 nafar yosh ish bilan band

Angor tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash maqsadida...

Qumdagi va toshdagi yozuv

Bir kuni ikki do‘st tortishib qolishdi va biri ikkinchisiga...

Taassurot hayratlanarli

Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchilari tashabbusi bilan talabalar “Qo‘g‘irchoq”...

Bizda bronza medal!

Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarining III...
KunTun
KunTun