Ko‘ngilga xushnudlik ulashib…

Date:

Bandixon tumanining qaysi hududiga bormang, obodlik, tozalik nafasini his etasiz. Albatta, bu fidoyi kasb egalarining tinimsiz mehnati, sa’y-harakatlari bilan amalga oshirilayotgn bo‘ladi. Sababi, erta tongdan ko‘chaga chiqqan borki, Obodonlashtirish boshqarmasining fidoyi xodimlariga ko‘zi tushadi.
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bo‘ladigan tadbirlarda soha ayollari ham e’tibordan chetda qolgani quvonarli bo‘ldi. Bandixon tuman hokimi Abdumalik Allamuradov sana munosabati bilan tuman ozodaligiga o‘z hissalarini qo‘shib kelayotgan Obodonlashtirish boshqarmasining xodimalariga bayram sovg‘alarini ulashdi.
Tumandagi muhtasham “Aslbek Fayz” tantanalar saroyida bo‘lib o‘tgan tadbirda kecha sababchilariga uzoq umr, xonadonlariga fayz-u baraka, muvaffaqiyatlar tilandi. Tadbirda tuman Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan yangragan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun