Imom Termiziy haqida spektakl sahnalashtirildi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” 2024-yil 15-avgustdagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida dramaturg Shavkat Pardayev tomonidan yozilgan Imom Termiziy nomli spektakl sahnalashtirildi.
Mazkur asar Imom Termiziyning ibratli hayoti va boy ilmiy merosini aks ettirib, uning islom ilm-fani rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini yosh avlod va keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan. Spektakl Jamoatchilik kengashi tomonidan ma’qullanib, tomoshabinlarga namoyish etishga tavsiya etildi.
Ushbu sahna asarining taqdimoti Imom Termiziy shaxsiyati va merosining tarixiy ahamiyatini yanada ochib berish, ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib etish va milliy madaniyatimizni boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun