Bayramga munosib tuhfa

Date:

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Jarqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi (MvaFRB) tomonidan xayrli tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida bo‘lim boshlig‘i A. Xujamberdiyev tomonidan o‘ndan ortiq ayollarga fuqarolik ID kartalari tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur tadbir yurtimizda olib borilayotgan insonparvar siyosatning amaliy ifodasi bo‘lib, fuqarolik hujjatlari rasmiylashtirilmagan ayollar uchun katta qulaylik yaratdi. Ushbu hujjat nafaqat shaxsni tasdiqlovchi muhim vosita, balki ularning ijtimoiy hayotga faol integratsiyalashuvi, davlat xizmatlaridan foydalanishi va mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Mutasaddilar xotin-qizlarga mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning jamiyatdagi o‘rni hamda huquqiy himoyasi masalalariga to‘xtalib o‘tishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun