1-fani chet tili bo‘lmasa…

Date:

Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab, fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi. Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim.
2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati yuqoridagi rasmda berilgan.
E’tibor bering: 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.
Bu nima degani? Masalan, 1-fan “ingliz tili” deb yozilgan bo‘lsa, aynan ingliz tilidan sertifikat kerak bo‘ladi. Nemis yoki turk tilidan sertifikati borlar bu yo‘nalishga topshira olmaydi. Lekin 1-fan “chet tili” deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, unda qaysi tildan sertifikati borliginining qizig‘i yo‘q. Istalgan tildan olingan tasdiqlangan sertifikat o‘taveradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Xayrabod”da Navro‘z shukuhi

Xayrabod garnizonidagi harbiy qismda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan...

Yashamasa, ro‘yxatdan chiqariladi

2026-yil 1-martdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)...

Tabiatdan ilhomlanib…

Tabiat – ijodkorning eng katta ilhomi. Musaffo havo, quyosh...

Yangi ko‘prik quriladi

Prezident tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo...
KunTun
KunTun