Dzyudo matonatni shakllantiradi

Date:

Sportda murabbiyning xizmati nihoyatda katta. Farzandimizni ham qaysidir sport turini o’rganishini istasak, albatta, eng mohir murabbiy izlashga tushamiz. Yaxshi tayyorgarlik — muvaffaqiyat garovidir. Termiz shahar Sport maktabining barcha murabbiylari ana shunday mahoratli ta’rifiga mos keladi.
Termiz shahar Sport maktabi dzyudo murabbiylari hamda shahrimizdagi 11-sonli maktab o‘quvchilari bilan uchrashib, dzyudo sportining foydalari va uning yoshlar rivojlanishidagi ahamiyati haqida ma’lumot berdilar. Tadbir davomida sport bilan muntazam shug‘ullanish jismoniy hamda ruhiy salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, dzyudo insonda matonat, chidamlilik va intizomni shakllantirishga yordam berishi ta’kidlandi.
Murabbiylar maktab o‘quvchilarini, ayniqsa, qizlarni dzyudo sportiga jalb etish maqsadida Termiz shahar Sport maktabiga taklif qilishdi. Uchrashuv interaktiv tarzda o‘tib, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir yakunida sport bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlar uchun klubda yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirish berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun