Tarbiyachilar ham ustama oladi

Date:

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish, kasbiy sertifikatlash va ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, endilikda vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun nomzodlar roʻyxati avvalgidek hududiy kengashlar tavsiyasi asosida shakllantirilmaydi. Sinovlarda barcha fan oʻqituvchilari ishtirok etishi mumkin.
Avval MTT tarbiyachilari ustama olishga daʻvogarlik qila olmas edi, endilikda ular ham sinovlarda ishtirok etib ustama olishi mumkin. Shuningdek, pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanishining tartibi tasdiqlandi. Unga koʻra, ustama malaka toifa test sinovlarida ishtirok etib (ikkala bosqichda), oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) hamda 86 va undan yuqori ball toʻplagan pedagoglarga beriladi.
Bundan tashqari, endi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan umumtaʻlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻlgan pedagoglar navbatdagi majburiy attestatsiyaning birinchi bosqichi (mutaxassislik fani va kasb standarti) boʻyicha malaka sinovidan ozod qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar harbiy qismda

Termiz shahrida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida yoshlarning bo‘sh...

Mahorati namoyon…

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar...

Tajribasi ommalashtirilmoqda

Termiz tumanida qishloq xo‘jaligida yuqori natijalarga erishayotgan fermerlar tajribasini...

Kameralar xavfsizlikni kuchaytiradi

O‘zbekiston yo‘llarida o‘rnatilgan zamonaviy foto va video kuzatuv kameralari...
KunTun
KunTun