Kelishuvga erishildi

Date:

Yurtimizda migratsiya masalalari davlat siyosati darajasida ustuvor yo‘nalish sifatida qaralib, sohada tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish va zamonaviy mexanizmlarni joriy etish maqsadida 16 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotning O‘zbekistondagi missiyasi rahbari Endryu Grey boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston va IOM o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligi ta’kidlanib, milliy hamkorlar, xususan, Surxondaryo viloyati hokimligi bilan muvofiqlashtirish mexanizmlarini mustahkamlash, manfaatdor tomonlar uchun biznesni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish va yangi loyiha hamda tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Xalqaro migratsiya tashkiloti delegatsiyasining Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida “Barqaror hayot” nodavlat notijorat tashkiloti va Termiz kargo markazi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun