Mahorat darslari tashkil etildi

Date:

Talaba bo‘lish har bir yoshning orzusi. Ayniqsa, oliygohning tajribali, salohiyatli professor-o‘qituvchilari saboq berishi yoshlarning o‘qib o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqlarini yanada oshiradi. Maktabda o‘qib yurgan yoshlarga oliygohning ana shunday professori saboq bersa bormi, ularning fanga, ertangi kuniga qiziqishi kuchayishi aniq. Ayni jihatlarni hisobga olgan holda Surxondaryo viloyati hokimining tashabbusi bilan Oltinsoydagi qator maktablar Termiz davlat universitiga biriktirilgan. Tumandagi maktablarda bo‘lgan professor-o‘qituvchilar tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.
Shuningdek, tumandagi 49-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchilari bilan kasbga yo‘naltirish masalalari bo‘yicha davra suhbati ham o‘tkazildi. Tadbir davomida maktabning kutubxona fondiga kitoblar sovg‘a qilinib, a’lochi va kitobxon o‘quvchilariga esdalik sovg‘alari ulashildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun