Tashabbusi ila el shod

Date:

Daraxt ekish savob, ekologiyaga foyda. Ayni foydali jihatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, birgina mevali daraxtning o‘zi mevasi pishib yetilgach, mevalari yig‘ib terilib sotilgach, har kilosi pul deyavering. Ayniqsa, mevali daraxtlaringiz bir emas, bir nechta bo‘lsa bormi, mavsumdan mo‘may daromad bilan chiqasiz. Shundan keyin bog‘ yaratishni, erta bahordan, to kech kuzga qadar turli mevalardan daromad ko‘rizshni ko‘zlashingiz aniq.
Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Mingchinor” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish maqsadida navbatdagi xayrli tashabbus amalga oshirildi. Mahalla faollari va ko‘ngillilar hamkorligida kam ta’minlangan oilalar hovlisiga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ushbu tashabbus atrof-muhitni yanada obodonlashtirish, yashil makonlarni ko‘paytirish va kelajak avlod uchun sog‘lom ekotizim yaratishga qaratilgan. Shuningdek, oilalarga ekilgan daraxtlarni parvarishlash bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.
Bu kabi ekologik aksiyalar kelgusida ham davom ettirilib, ehtiyojmand oilalarga qo‘shimcha daromad manbai yaratishda hissa qo‘shiladigan bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Xayrabod”da Navro‘z shukuhi

Xayrabod garnizonidagi harbiy qismda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan...

Yashamasa, ro‘yxatdan chiqariladi

2026-yil 1-martdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)...

Tabiatdan ilhomlanib…

Tabiat – ijodkorning eng katta ilhomi. Musaffo havo, quyosh...

Yangi ko‘prik quriladi

Prezident tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo...
KunTun
KunTun