3,5 ming kambag‘al oilalar farzandlari uchun imtiyoz

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti («Grean University») ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi kabi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim tashkiloti etib belgilandi. «Grean University»da «sirkulyar iqtisodiyot» ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlash amaliyoti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida «Grean University»ga biriktiriladigan «yashil texnikumlar» faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Tabiiy fanlar, muhandislik-texnika, iqtisodiyot va moliya yo‘nalishlaridagi davlat oliy ta’lim tashkilotlarida «Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil rivojlanish» fani va o‘quv dasturlari kiritiladi. Oliy ta’limda grant o‘rinlarini bosqichma-bosqich oshirish hisobiga aniq va tabiiy fanlar, muhandislik-texnika, xizmatlar, tibbiyot kabi sohalarda davlat buyurtmasi 25 mingtaga yetkaziladi.
«El-yurt umidi» jamg‘armasi tomonidan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi ta’lim dasturlari asosida ta’lim olish uchun stipendiya tanloviga 20 tagacha kvota ajratib boriladi. «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi doirasida 3,5 ming kambag‘al oilalar farzandlari tayyorlanib, oliy ta’lim tashkilotlariga belgilangan tartibda grant asosida qabul qilish ishlari tashkil etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Faol yoshlar sayohatga yo‘l oldi

Yoshlarni rag‘batlantirish, ularning tarixiy merosga hurmatini mustahkamlash va dunyoqarashini...

Chorrahada ishlar jadallashdi

Yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish va transport harakati xavfsizligini ta’minlash...

Agrotexnik tadbirlar — hosildorlik poydevori

Qishloq xo‘jaligida mo‘l hosilga erishish, avvalo, agrotexnik tadbirlarni o‘z...

“Oltin qalam” muborak

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarining fidokorona mehnatini e’tirof...
KunTun
KunTun