O‘zbekiston—Rossiya: yangi mexanizm joriy etiladi

Date:

Rossiyada vaqtincha mehnat qilish istagidagi fuqarolar uchun O‘zbekistonda maxsus tayyorgarlik markazlarini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirilishi belgilandi. Ikki davlat mehnat migratsiyasini tartibga solishning yangi mexanizmini yaratadi.
Migratsiya agentligi xabariga ko‘ra, agentlik direktori Behzod Musayev va Rossiya Mehnat va bandlik federal agentligi (Rostrud) rahbari Mixail Ivankov Moskvada ikki tomonlama hamkorlikning shu va boshqa masalalarini muhokama qildi. Mehnat va bandlik federal agentligi ish beruvchilar faoliyatini o‘rganish va ularning ishonchliligini aniqlash bo‘yicha Migratsiya agentligi bilan ham yaqindan hamkorlik qiladi.
Tomonlar, shuningdek, o‘zbekistonlik mehnat migrantlari Rossiyada yashash va ishlash uchun ruxsatnoma (patent) olish uchun o‘z vatanida rus tilidan imtihon topshirishi mumkinligi to‘g‘risida kelishib oldi. Ushbu imtihonni Saxarov nomidagi ko‘p funksiyali migratsiya markazining Toshkent shahridagi filialida topshirish mumkin bo‘ladi.
Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari uchun patent olish jarayonini soddalashtirish, shuningdek, KMMning Toshkent shahridagi filiali faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun