Muammolar bartaraf etilsa

Date:

Xizmat safari yuzasidan Surxondaryo viloyatida bo‘lib turgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashdi. Yig‘ilishda Prezidentning 158-son qarori asosida oliy o‘quv yurtlariga biriktirilgan texnikumlar faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Shundan so‘ng, viloyat hokimi o‘rinbosari I.Safarov va Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov hamrohligida universitet kampusida amalga oshirilayotgan yangilanish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi. Talabalarga yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, “Ilmiy tadqiqot” markazi faoliyati bilan tanishildi. Qayd etilganidek, ushbu markaz respublikada analogi yo‘q laboratoriyalarni o‘zida jamlab, yosh olimlarga ilmiy izlanishlar olib borish uchun keng imkoniyat yaratmoqda.
Vazir o‘rinbosari, shuningdek, xalqaro standartlarga mos ravishda rekonstruksiya qilingan stadion va sport zalida bo‘lib, 1 milliard so‘m mablag‘ hisobiga qurilayotgan “Fitnes klub” loyihasi bilan tanishdi.
Tashrif davomida universitetning sirtqi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari bilan uchrashuv ham tashkil etilib, ular bilan bo‘lgan muloqot esdalikka muhrlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun