Imkoniyatlar ishga solinsa…

Date:

Ta’limda va sportda yoshlar erishayotgan muvaffaqiyatlardan quvonish bilan birga, ularning safini kengaytirish, yangidan yangi iqtidorlarni kashf etish lozim. Chunki millatimiz yoshlari bundan-da ko‘prog‘iga qodir. Bu boradagi imkoniyatlarni to‘g‘ri ishga solish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrifida dastlab, tuman hokimligida viloyat sektor rahbarlari ishtirokida sport sohasi mutasaddilari, federatsiyalar va sport maktablari direktorlari bilan sport turlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Soha mas’ullariga chora-tadbirlar belgilab berildi.
Shundan so‘ng, 12-sonli maktab rekonstruksiyasi hamda 16-sonli bog‘cha sharoitlari bilan tanishildi. Qurilish ishlarini sifatli olib borish hamda bog‘chani ta’mirlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, “Bobolochin” mahallasida aholi vakillari bilan muloqot qilindi va muammolar tinglandi. Mutasaddilarga infratuzilmani yaxshilash, yo‘l va yo‘laklarni ta’mirlash, beton ustunlarni almashtirish kabi vazifalar topshirildi.
Keyingi manzil 1-sonli politexnikum bo‘ldi. Ta’lim maskanida oliy ta’lim muassasalari mas’ullari biriktirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan tadbirlar, professional ta’lim maskanlari bilan hamkorlikda rejalashtirilgan ishlar taqdimot qilindi. Politexnikumlar imkoniyatlaridan foydalangan holda ishlab chiqarishni tashkil etish orqali qo‘shimcha daromad topish bo‘yicha bajarilgan ishlar hisoboti bilan ham tanishildi. Shuningdek, shu yerning o‘zida viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining ham axboroti qabul qilindi.
Tashrif davomida 69-sonli maktabda viloyatda ta’lim ko‘rsatkichlari past bo‘lgan 30 ta maktab direktori ishtirokida muhokama o‘tkazildi. Unda ta’lim sohasi mutasaddilari va direktorlarning axborotlari tinglanib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, oliy ta’lim va boshqa muassasalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, ta’lim sifatini yaxshilash, jinoyatchilikning oldini olish masalalarida chora-tadbirlar belgilab berildi.
Yakunda tumanning “Arslonboyli” mahallasida aholining tomorqadan samarali foydalanishi, xonadonlarda 10 tupdan mevali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari hamda mahalla “yettiligi” faoliyati bilan tanishildi. Aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarni hal etish, turmush sharoitlarini yaxshilash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tashabbuskor yoshlar harakatda

Yurtimizda obodonlashtirish, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ezgu...

Yoshlar bilan ochiq muloqot

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning harbiy sohaga oid bilim...

Tarixiy meros — milliy g‘urur va ma’naviyat manbayi

Ajdodlarimizning boy tarixiy va ma’naviy merosini o‘rganish, yosh avlod...

Huquqiy tushunchalar berildi

Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birida xizmat qilayotgan harbiy...
KunTun
KunTun