Saralash oson kechmadi

Date:

Tariximizni, ajdodlarimizni yaxshi tanishimiz, bilishimiz lozim. Aks holda o‘zligimizni anglay olmaymiz. Shu ma’noda, o‘qib o‘rganish, bilimlarimizni oshirishimiz lozim. Termiz davlat universiteti rektorining buyrug‘i bilan talabalar o‘rtasida “Alisher Navoiy asarlari bilimdoni” tanlovi e’lon qilingan edi. Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlanib tashkil etilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar asnosida tanlovi g‘oliblari ham munosib rag‘batlantirildi.
Bir necha yo‘nalishlarni qamrab olgan tanlovda universitet talabalari faol ishtirok etishdi. Hakamlar ha’yati a’zolari uchun 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, shuncha esse va 30 ta videorolik orasidan eng maqbullarini saralash oson kechmadi.
Yakuniy xulosalarga ko‘ra, esselar nominatsiyasida Zohid Normo‘minov, videoroliklar nominatsiyasi bo‘yicha Umida Rashidova hamda maqolalar bo‘yicha Elinor Bozorovalar 1-o‘ringa munosib ko‘rildilar. G‘oliblar “Talabalarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun